Dinamo (U-17) Yaponiya klubiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
3 apr 2019, 14:56
Bugun Samarqandda Yaponiyaning Yamanasi prefekturasi Kofu shahrining “Vanfore Kofu” va Samarqandning “Dinamo” klubi o'smir-yoshlar jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazildi.

Kutilganidek o'yin yuqori darajada tashkil etildi. O'yindan oldin minglab muxlislar qarshisida Samarqand shahar hokimi Furqat Rahimov va Dinamo klubi rahbarlari Yaponiyadan kelgan delegaciya rahbarlariga hurmat ko'rsatib, milliy liboslarimizni sovg'a qilishdi.

O'yin shiddatli boshlanib, Dinamo akademiyasi tarbiyalanuvchilari dastlabki taymdayoq hisobni 2:0 ga etkazdi.

Ikkinchi bo'limda esa mehmonlar hujumkor to'p surib, dastlab muvozanatni tiklashdi. Keyin esa qarshi hujumlarda g'alabani ilib ketishdi, 2:4.

Do'stona tarzda kechgan o'yindan keyin Yaponiya klubi a'zolari mezbonlik uchun minnatdorchilik bildirib, yaponcha tazim bilan hurmat ko'rsatishdi.

3 aprel (chorshanba)
O'rtoqlik uchrashuvi.
Dinamo (U-17) - "Vanfore Kofu" (Yaponiya) - 2:4
Gollar:
Diyor Bozorov 14, Avazbek Otaxonov 42 - Yoshida 66, Xono 68, Nakamura 78, 87.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz