"Dinamo" Toshkentda ikkita o'yin o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
10 mar 2018, 15:52
Dinamo jamoasi Toshkentdagi ikkinchi yig'ini doirasida ikkita nazorat bahsida maydonga tushadi.

Dastlab jamoa a'zolari 10 mart kuni test-sinovlarni topshirishadi. Keyin esa nazorat bahslariga kirishiladi. Xususan, 12 mart kuni Pro-Liga vakili “Bunyodkor-2” jamoasiga qarshi maydonga tushilsa, 15 mart kuni yana bir Pro-Liga ishtirokchisi “Lokomotiv-BFK”ga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkaziladi. Shundan so'ng Toshkentdagi yig'in yakunlanadi.

Toshkent. 9-15 mart.
12 mart (dushanba)
BUNYODKOR-2 - DINAMO
Bunyodkor akademiya stadioni.


15 mart (payshanba)
LOKOMOTIV-BFK - DINAMO

Do'stlik (Politotdel) stadioni.

Eslatib o'tamiz, “Dinamo” Pro-Liga 1-tur doirasida 25 mart kuni G'uzorning “Sho'rtan” klubiga qarshi saf tortsa, 28 mart kuni Termizda “Surxon” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz