"Dinamo" safida 10 nafar yangi futbolchi ko'rikdan o'tmoqda

Aslanov Jasurbek
13 fev 2017, 11:32
Yangi mavsumga Toshkentda tayyorgarlik ko'rayotgan Dinamo jamoasi tarkibida bir qator futbolchilar murabbiylar ko'rigidan o'tishmoqda.

Jumladan, kuni kecha Edgar Gess qo'l ostidagi Dinamo mashg'ulotlariga Cementchidan darvozabon Eldor Isaboev, Navbahorni tark etgan Murod To'ychiboev, Andijondan Shukur Jumaboev, o'tgan mavsumni Obodda o'tkazgan Ilhom Komilov, Norindan Rustam A'zamov, Mashaldan Dilyaver Abibullaevlar kelib qo'shilishgan. Shuningdek, Mirjalol Qurbonov, Umrullo Ramazonov, Temur Vasilev, Asqar Jadigerov singari futbolchilar ham murabbiylar sinovidan o'tishmoqda.

Klub safiga bir hafta oldin kelib qo'shilgan va nazorat bahsida ikkita gol urgan hujumchi Abdumalik Abdullaev bilan shartnoma imzolandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcdinamo.uz