"Dinamo" Qarshida "Nasaf"ga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

Оқил Абдубарноев
21 yanv 2022
Superliga yangi mavsumiga Samarqandda tayyorgarlik ko'rayotgan "Dinamo" jamoasi yig'in doirasidagi dastlabki nazorat bahsini o'tkazadi.

"Dinamo" jamoasi 22 yanvar kuni "Nasaf" klubiga qarshi maydonga tushadi. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari bilan bahs Qarshida o'tkaziladi. O'yin soat 13:00 da boshlanishi rejalashtirilgan. Shu kuni murabbiylar aralash tarkibni sinovdan o'tkazishi kutilmoqda.

Shuningdek, samarqandliklar "Nasaf"ning yosh va iqtidorli yarim himoyachisi Shohmalik Komilovni o'z tarkibiga qo'shib oldi. Qig'ig'i, Komilov sobiq jaomasiga qarshi debyut qilishi mumkin. 


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Динамо" ФК матбуот хизмати