“Dinamo”: “Nasaf” jamoasi bilan nazorat uchrashuvi bo'ladi

Narzulla Saydullayev
18 iyul 2016, 17:50
O'zbekiston Birinchiligida ishtirok etayotgan Samrqandning “Dinamo” klubi rasmiy saytining xabariga ko'ra, “Nasaf” jamoasi 21 iyul payshanba kuni Samarqandga tashrif buyuradi va nazorat uchrashuvi o'tkazadi.

Ushbu uchrashuvning eng qiziqarli tomoni, “ajdarlar” safiga yaqinda kelib qo'shilgan bir qancha yangi futbolchilarning maydonga tushishidir.

Eslatib o'tamiz, “Nasaf” jamoasi ikkinchi davradan o'z tarkibini kuchaytirish maqsadida, bir necha yangi legioner futbolchilarni ham taklif qilgan. Ushbu yangi futbolchilar ham nazorat uchrashuvida maydonga tushishlari mumkin.

Bundan tashqari jamoa ko'rigida mahalliy futbolchilar ham bor. Bular, birinchi davrada “Olmaliq” safida to'p tepgan yarim himoyachi Nikita Pavlenko va darvozabon Maksim Kriushevlar ham hozir jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etayapti.

Shuningdek, muxlislar o'tgan mavsumda Eronning “Sepaxon” jamoasida to'p tepgan va ikkinchi davradan “Nasaf” jamoasi a'zosiga aylangan – Fozil Musaevning ham o'yiniga guvoh bo'lishlari mumkin.

Bizga ma'lum bo'lishicha, ushbu o'rtoqlik uchrashuvini bevosita stadionda turib tomosha qilish uchun Qarshidan ham ko'psonli muxlislar Samarqandga tashrif buyurishadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: voha.uz