“Dinamo K”ning yana bir futbolchisi “Legiya”ga o'tdi. U hujumda o'ynaydi

Eldor Akmurzayev
23 fev 2021, 20:30
Avvalroq, kievliklar himoyachisi Artyom Shabanov “Legiya”ga o'tgandi.

Bugun esa “Dinamo K” hujumchisi Nazariy Rusin varshavaliklar a'zosiga aylandi. Klub futbolchini sotib olish huquqi bilan 2021 yil oxiriga qadar ijaraga oldi.

22 yoshli futbolchi bundan oldin “Zarya”da ijara asosida to'p tepgandi. 

Rusin hozirgacha klublar safida 47 o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urishga erishgan. U Ukraina o'smirlar va yoshlar terma jamoalarida ham harakat qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/LegiaWarszawa