"Dinamo" bu mavsum eng ko'p ochkoni qaysi klublardan oldi?

Narzulla Saydullayev
8 dek 2017, 11:21
Dinamo jamoasining mavsumdagi natijalarni tahlil etishda davom etamiz.

Dinamo jamoasi 2017 mavsumda eng ko'p – 6 ochkoni Farg'onaning Neftchi jamoasi bilan o'yinlarda oldi. Farg'onada Jasur Azimov, Orif Mamajonov, Amirjon Safarovning gollari jamoaga 2:3 hisobidagi g'alabani keltirgan bo'lsa, Samarqandda esa Adnan Oraxovacning 90+4-daqiqadagi goli Dinamoga Neftchi ustidan 1:0 hisobida g'alabani keltirdi.

Shuningdek, Dinamo 3-o'rindagi Paxtakor hamda 6-o'rindagi Buxoro jamoalariga qarshi o'yinlarda 4 ochkodan ishlab oldi. Xususan, 3-turda Radu Rogakning 89-daqiqadagi goli Paxtakor - Dinamo - 0:1 bo'lishini taminlagan bo'lsa, Samarqanddagi Dinamo - Paxtakor bahsida 0:0 hisobi qayd etilgan.

6-turdagi Dinamo - Buxoro (3:1) uchrashuvida Orif Mamajonov, Javohir Qahramonov, Amirjon Safarovning gollari mezbonlarga g'alaba keltirgan bo'sa, ikkinchi davradagi Buxoro - Dinamo o'yinida 0:0 nursiz durang qayd etilgan.

Qayd etish joiz, Paxtakordan 2017 yilda faqat Dinamo ikki o'yin natijasiga ko'ra ustun kelib, eng ko'p 4 ochko ololgan.

Dinamo Matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz