"Dinamo" BAAga uchib ketdi. Abramov shogirdlari JAR, BAA, Rossiya va Xitoy klublariga qarshi o'ynaydi

Tolibjon Qosimov
15 yanv 2025, 16:28
"Dinamo" klubi 2025 yilgi mavsumga tayyorgarlik rejasi doirasidagi xorij yig'iniga jo'nab ketdi.

"Dinamo" jamoasi bugun, 15 yanvarda Samarqand – Abu-Dabi aviareysi bilan Birlashgan Arab Amirliklari poytaxtiga jo'nab ketdi. Vadim Abramov murabbiyligidagi jamoamiz 15-29 yanvar kunlari o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazadi. Abu-Dabi yig'inida xorij klublariga qarshi 4ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilishi va yangi o'yinchilarni sinovdan o'tkazish rejalashtirilgan.

Xususan, "Dinamo" Janubiy Afrika Respublikasi, BAA, Rossiya va Xitoy klublariga qarshi maydonga tushadi. Samarqandliklarning o'yinlari taqvimi bilan tanishing:

"Dinamo" jamoasining Abu-Dabi yig'inidagi taqvimi:

18 yanvar (shanba). "Dinamo" - TVS (JAR)

21 yanvar (seshanba). "Dinamo" - "Al-Vahda" (BAA)

24 yanvar (juma). "Dinamo" - "Lokomotiv" Moskva (Rossiya)

28 yanvar (seshanba). "Dinamo" - "Chengdu" (Xitoy).

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати