

Vadim Abramov boshchiligidagi "Dinamo" kecha Toshkentda "Bunyodkor"dan ustun keldi. Shu tariqa samarqandliklar 11 yildan so'ng yana poytaxtda "qaldirg'ochlar"ni engishni uddasidan chiqdi. "Dinamo" oxirgi bor 2014 yil Azamat Bobojonovning yagona goli evaziga ortiga 3 ochko bilan qaytgandi. Keyingi 5 ta bahsda mezbonlarning 3 g'alabasi va 2 durang qayd etilgan edi.
"Dinamo" 21-turning qoldirilgan uchrashuvida 15 noyabr kuni uyda "Andijon" bilan bellashadi. "Bunyodkor" 21 noyabr sanasida safarda "So'g'diyona"ga qarshi to'p tepadi.



