Dilshod Rahmatov "Paxtakor"ni yirik hisobda mag'lub etish sabablarini aytdi

Оқил Абдубарноев
5 iyun 2022, 22:30
Futzal bo'yicha O'zbekiston kubogining final bahsidan so'ng turnir g'olibi "Jizzax-Kenteks" a'zosi Dilshod Rahmatov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'yin qiziqarli ruhda o'tdi. Jamoamiz hozirda optimal formada, shu bois bugun xatolarimiz deyarli ko'zga tashlanmadi hamda yirik hisobda g'alaba qozondik. Ham chempionlik, ham kubokni qo'lga kiritganimdan boshim osmonga etdi. Joriy yil biz uchun omadli keldi deb o'ylayman.

Raqibni yomon o'yin ko'rsati deya olmayman. Yaxshi bilasiz, "Jizzax Kenteks"da milliy terma jamoaning ko'pgina futzalchilari harakat qiladi, qolaversa, bugungi bahsda jiddiy xato qilmadik, shuning hisobiga yirik hisobda g'alaba qozondik", - deydi jizzaxliklar futbolchisi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia