

Bu haqda "Telegraaf" xabar berdi. Aytilishicha, 69 yoshli gollandiyalik mutaxassis klub rahbarlariga joriy mavsum oxirida jamoani tark etishini ma'lum qilgan. Advokat "Ferenbaxche"ni 2016 yilning avgustidan beri boshqarib kelmoqda. Jamoa Turkiya chempionatida 24 o'yindan 44 ochko jamg'argan holda to'rtinchi o'rinda bormoqda.



