Diego Simeone: "Morata Xoland darajasida"

Mirjalol Normatov
14 noya 2023, 23:35
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone hujumchisi Alvaro Moratani Erling Xoland bilan tenglashtirdi.

"Morata Xoland bilan bir xil darajada. Gollari, statistikasi borasida Alvaro u bilan bemalol tenglasha oladi", - dedi Simeone.

Ushbu mavsumda 31 yoshli ispaniyalik hujumchi LaLigada 11 o'yinda 7 gol urdi. 23 yoshli norvegiyalik forvard esa "Siti" bilan 12 o'yinda 13 marta raqiblari postiga yo'l topdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: El Larguero