Diego Simeone: “Chempionlikka erishishning yagona yo'li bu "Barselona"ni mag'lub etish”

Eldor Akmurzayev
5 apr 2019, 22:25
Madridning Atletiko klubi bosh murabbiyi Diego Simeone LaLiganing 31-turi doirasidagi Barselonaga qarshi to'qnashuv oldidan o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Biz Kamp Nouda biror marta ham zafar qozonmaganmiz (Simeone murabbiyligi davrida)Shu sababdan, bo'lajak bahsga superoptimistik ruhda bormoqdaman. O'ylashimcha, chempionlikni qo'lga kiritishning yagona yo'li bu Barselonani o'z maydonida mag'lub etish. Barchasi shanba kungi uchrashuvga bog'liq bo'ladi. To'g'ri oradagi farq sakkiz ochko va bu quvonarli holat emas. Biroq, biz kataloniyaliklarga taqibchi sifatida ularni ter to'kishga majbur qilamiz.” – deydi 48 yoshli mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca