Diego Lopes munosib taklif tushgandan keyingina “Real”ni tark etadi

Tolibjon Qosimov
17 iyul 2014, 12:22
Madridning “Real” klubi darvozaboni Diego Lopes o'z klubini tark etishga shoshilmayapti.
Lopes faqat arzirli taklif tushsa jamoani tark etishga qaror qilgan. Darvozabon 5 million evro maoshlik taklif kutayapti.

Eslatib o'tamiz, “Real” Kosta-Rika darvozaboni Keylor Navasni o'z safiga qo'shib oldi. Iker Kasilyas “Real”ni tark etmoqchi emas. Lopesga keladigan bo'lsak, uning “Qirollik klubi” bilan shartnomasi 2017 yilgacha belgilangan.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com