

Matraschilar a'zosi Yuventusga qarshi (2:1) o'rtoqlik o'yinida jarohat olib, zaxiraga olingandi. 30 yoshli futbolchining oyoq mushaklari lat egani aytilmoqda. Uning qachon tiklanishi esa tibbiy-tekshiruvlardan so'ng ma'lum bo'ladi.
Aytish kerakki, Kosta sog'aygan taqdirida ham Ispaniya chempionatining 1-turi doirasidagi Xetafega qarshi 18 avgustda bo'lib o'tadigan o'yinda maydonga tusha olmaydi. Sababi, unda o'tgan mavsumdan qolgan diskvalifikaciya muddati bor.



