Diego Kosta "Atletiko"ga qaytmoqchi

Aslanov Jasurbek
13 noya 2015, 13:14
"Chelsi" hujumchisi Diego Kosta faoliyatini "Atletiko"da davom ettirishi mumkin.

Ma'lum bo'lishicha, 27 yoshli futbolchi "Chelsi" rahbariyatiga o'zining sobiq klubiga qaytmoqchi ekanligini aytgan. Bundan tashqari, hujumchi "Atletiko"da kamroq maosh bilan ham o'ynashga tayyor. Ko'klar Kostani Antuan Grizmannga almashtirishi mumkin.

Kosta bu mavsumda Angliya chempionatining 10ta uchrashuvida maydonga tushibb, 2ta gol urdi va 1ta golga pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cadena Ser