Dide Desham: “Germaniya har qanday holatda ham Germaniyaligicha qoladi”

Aziz Tukhtamuradov
15 okt 2018
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Germaniyaga qarshi o'yin oldidan o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.

Uchranglilar ertaga Millatlar Ligasining guruh bosqich 4-tur uchrashuvida Germaniya terma jamoasini qabul qilishadi. 

“Raqib kuchli. Ha, germaniyaliklar Gollandiyadan qaqshatqich zarbani qabul qilib olishdi. Lekin o'sha o'yinda aynan olmonlar uchrashuvni nazorat qilishdi, katta ustunlikka ega erishishdi. Muammo ana shu vaziyatlarni golga aylantirishda bo'ldi.

Tajribamga suyangan holda shuni aytishim mumkinki, Germaniya terma jamoasi Germaniyaligicha qoladi. Ular ham Fransiyaga bu erdan uch ochko olib kyetish ilinjida kelishyapti”, - deya amaldagi jahon chempionlarining murabbiyi so'zlaridan iqtibos keltirmoqda L'Equipe nashri.

Ma'lumot uchun, Fransiya - Germaniya uchrashuvi ertaga, 16 oktyabr kuni Sen-Denidagi “Stad de Frans” stadionida bo'lib o'tadi. O'yin bizning vaqt bilan soat 23:45da boshlanadi. Bu ikki jamoaning Germaniyada o'tgan ilk o'yinida hisob ochilmagandi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: