Dibalaning o'rniga Lavessi Argentina terma jamoasiga chaqirildi
Narzulla Saydullayev
27 okt 2016, 20:00
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Edgardo Bausa jarohat olgan Paulo Dibalaning o'rniga Xitoyda o'ynayotgan Esekel Lavessini taklif qildi.
Eslatib o'tamiz, Argentina terma jamoasi noyabr oyida JCH-2018 saralash uchrashuvi doirasida Braziliya va Kolumbiya terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.