Dibalaning agenti: Paulo Barselonaga o'tishni istamadi

Narzulla Saydullayev
29 iyun 2016, 10:35
Yuventus hujumchisi Paulo Dibala Barselonaning taklifini rad qildi, deydi uning agenti Gustavo Maskardi.

Paulo to'g'ri yo'lda. Bir yil oldin uni Inter va Milan sobiq olmoqchi edi. Biroq Paulo unga ko'proq ishonch bildirgan klubga o'tdi. Uning Yuventusdagi faoliyati endi boshlanmoqda.

Oxirgi oylarda unga Barselona qiziqqandi. Bilishimcha Kataloniya klubi Yuventusga 80 million evro taklif qilgandi. Ammo Paulo hozircha shu klubda qolib o'sishda davom etmoqchi, - deydi Maskardi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: gazzamercato.it