Dibala "Yuventus" bilan shartnomasini uzaytirmoqchi va jamoa sardori bo'lmoqchi

Alisher
29 may 2021, 15:50
"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala klub bilan shartnomasini uzaytirmoqchi.

27 yoshli argentinalik futbolchi jamoaning yangi sardori bo'lmoqchi. O'yinchi bosh murabbiylikka Massimiliano Allegri kelgani sabab yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni davom ettirishga tayyor.

Dibala 2020/21 yilgi mavsum "Yuventus" safida 26ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 3ta assist qayd etdi.

Futbolchining klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira