Dibala "Yuventus" bilan shartnomasini uzaytirdi

Aslanov Jasurbek
13 apr 2017, 11:41
Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Paulo Dibala o'z jamoasi bilan shartnomasini uzaytirdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Argentina terma jamoasi futbolchisining "keksa sinora" bilan yangi kelishuvi 2022 yilning yozigacha belgilandi. Bu haqda klub tez orada rasmiy bayonot beradi.

Oldinroq Dibala Gonsalo Iguaindan (yiligi 7,5 mln. evro)so'ng, klubda eng ko'p maosh oluvchi ikkinchi futbolchiga aylanishi mumkinligi e'lon qilingan edi.

Dibala 2015 yilda "Palermo"dan "Yuventus"ga 32 mln. evro evaziga o'tgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttosport