Dibala "Roma"ni tark etishi mumkin

Sherzod Nurmatov
28 mar 2023
"Roma" hujumchisi Paulo Dibala yozda A Seriyani tark etadi.

"Tuttosport" xabariga ko'ra, agar klub bosh murabbiyi Joze Mourinyu lavozimini tark etmasa, futbolchi Rim jamoasidan ketadi. Shuningdek, "Roma" Chempionlar Ligasiga chiqa olmasa, uning jamoada qolishi dargumon.

Xabar qilinishicha, futbolchiga "Inter" faol qiziqish bildirmoqda. Dibalaning "Roma" bilan kelishuvida tovon puli 12 million evro ekanligi ko'rsatilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Tuttosport