Dibala "Lion"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritildi

7 avg 2020, 21:26
Jarohati tufayli "Yuventus"ning so'nggi 2 o'yinini o'tkazib yuborgan Paulo Dibala "Lion"ga qarshi YCHL 1/8 finali doirasidagi javob o'yinida maydonga tushishi mumkin.

"Keksa sinora" bosh murabbiyi Maurisio Sarri argentinalik o'yinchini ham uchrashuv qaydnomasiga kiritgan. 

Eslatib o'tamiz, Dibala iyul oyi oxirida o'tkazilgan "Sampdoriya" bilan uchrashuvda jarohat olgan va uning "Lion" bilan o'yinda maydonga tushishi so'roq ostida turgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/juventusfcen