Dibala APLning grand jamoasiga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
6 iyul 2018, 14:37
"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala Angliya chempionatiga yo'l olishi mumkin.

"Tuttomercatoweb" xabariga ko'ra, agarda "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Yuve"ga o'tadigan bo'lsa, "Liverpul" Dibalani o'z safiga qo'shib olish uchun muzokaralarni boshlaydi. Oldinroq "Yuve" 7 iyul kunida Krishtianu Ronalduning transferini rasman e'lon qilishi kutilayotganligi borasida ma'lumotlar tarqagandi. Agarda shunday bo'lsa, argentinalik futbolchi "Yuve"ning asosiy tarkibidagi joyini yo'qotib qo'yishi mumkin.

Dibala o'tgan mavsum "Yuventus" tarkibida 33 uchrashuvda qatnashdi va 22 gol urib, 5 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttomercatoweb