Dibala 2 hafta ichida "Yuventus" bilan shartnomani uzaytiradi. Maosh - yiliga 8,5+1,5 mln evro

Alisher
4 noya 2021, 12:17
Forvard Paulo Dibalaning qachon "Yuventus" bilan yangi shartnoma imzolashi ma'lum bo'ldi.

27 yoshli argentinalikning agenti bitimni yopish uchun ikki hafta ichida Turinga keladi.

Oldinroq xabar berilganidek, Dibala "Yuventus" bilan 2026 yilga qadar shartnoma imzolashga kelishib oldi. U 8,5 mln evrodan tashqari yana 1,5 mln evro bonus ko'rinishida olishi mumkin.

Hujumchining amaldagi shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira