Dias va Tonali jiddiy jarohatdan saqlanishdi

Alisher
12 yanv 2021
"Milan" yarim himoyachilar Braim Dias va Sandro Tonali jiddiy jarohatdan saqlanishdi.

Bu haqda jurnalist Janluka Di Marcio xabar bermoqda. O'yinchilar A Seriya 17-turi doirasidagi "Torino" (2:0)ga qarshi o'yinda jarohat olishgan edi.

Dias va Tonali umumiy guruhdagi mashg'ulotlarga qaytishgan. Ular Italiya Kubogi 1/8 final doirasidagi "Torino"ga qarshi o'yinga tayyorlar.

Eslatib o'tamiz, milanliklarning turinliklarga qarshi o'yini bugun bo'lib o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/DiMarzio