Diarra Mourinyo bilan birga ishlashni istayapti

Aslanov Jasurbek
24 may 2016, 11:59
31 yoshli Fransiyalik yarim himoyachi Lassana Diarra Joze Mourinyo qo'l ostida ishlashni istayotganini aytdi.

"Hozir erkin agentman. Shartnomamda "Marsel" evrokuboklarda qatnashmasa ketishim mumkinligi yozilgan. Klub bilan tortishib qolishni istamayman va ular vadasida turadi degan umiddaman.

Men iliq kutib olgan mahalliy muxlislarni unutmayman. Kelasi mavsumda qayerda o'ynashim aniq emas, ammo bu PSJ bo'lmaydi.

Mourinyo? Uni yaxshi taniyman. Biz u bilan "Real" va "Chelsi"da birga ishlaganmiz. Bu murabbiy menga juda yoqadi. Ko'ramiz, nima bo'lar ekan" - deydi Diarra.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L'Equipe