Diallo MYU muxlislariga vada berdi

Sherzod Nurmatov
23 may 2025
"Manchester Yunayted" vingeri Amad Diallo Yevropa Ligasi finalidagi mag'lubiyatdan so'ng jamoa muxlislariga murojaat qildi.

Hal qiluvchi o'yinda "qizil iblislar" "Tottenxem"dan 0:1 hisobida engildi.

"Tottenxem"ni tabriklayman. "Manchester Yunayted" muxlislaridan uzr so'rayman, lekin jamoamiz bor kuchi bilan o'ynaganini hech kim inkor eta olmaydi. Vada beramanki, bunday mavsumni boshqa takrorlamaymiz. Qo'llab-quvvatlaganlari uchun muxlislarga minnatdorchilik bildiraman, shu vaqt davomida biz bilan bo'lganingiz uchun rahmat", – dedi Diallo.

Angliya chempionatining so'nggi turi oldidan "qizil iblislar" 39 ochko bilan jadvalda 16-o'rinni egallab turibdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Manchester Evening News