Diabi 2 yildan so'ng rasmiy o'yinda maydonga tushdi

Narzulla Saydullayev
19 mar 2016
Marsel yarim himoyachisi Abu Diabi Fransiya chempionati doirasida Rennga qarshi o'yinda maydonga tushdi (2:5).

78-daqiqada u Florian Tovenning o'rnini egalladi. Shunday qilib, Diabi 2014 yil 23 sentyabridan buyon ilk bor rasmiy o'yinda ishtirok etdi. O'shanda Arsenal safida Sautgemptonga qarshi o'ynagandi. So'ngra turli jarohatlar tufayli 2 yil davomida maydonga tushgani yo'q. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com