Di Mariya "PSJ" bilan shartnomani uzaytirdi

1 noya 2018, 01:43
Argentinalik yarim himoyachi Anxel Di Mariya "Pari Sen-Jermen" klubi bilan shartnomasini uzaytirdi.

Bu haqda Fransiya klubi matbuot xizmati o'zining Tvittyerdagi sahifasida e'lon qildi. Endi 30 yoshli futbolchi "PSJ" tarkibida  2021 yil 30 iyuniga qadar to'p suradi.

Avvalroq, unga Turinning "Yuventus" klubidan qiziqish bo'layotgandi. Anhel Di Mariya esa APLga qaytishni xohlayotganini aytib o'tgandi.  

Di Mariya parijliklar safiga 2015 yilda "Manchester Yunayted"dan borib qo'shilgan. Joriy mavsumda 11 uchrashuvda maydonga tushdi va gol+pas tizimida 9 ochko to'pladi - 3 gol, 6 golli uzatma.

O'xshash yangiliklar


Manba: PSG_English/twitter.com