Di Mariya: "O'ninchi raqam Messida bo'lishi kerak"

Alisher
23 may 2022, 18:01
PSJ sobiq o'yinchisi Anxel Di Mariya Parij klubini 10-raqamni Lionel Messiga berishga chaqirdi.

"Leoga kelasi mavsumda Neymardan o'ninchi raqamni so'rashi kerakligini aytdim, u o'n birinchini ola qolsin. Messi - dunyoning eng zo'r futbolchisi, "o'nlik", bu u uchun", - deydi Di Mariya.

Messi ayni damda PSJ tarkibida 30-raqam ostida harakat qilmoqda.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, Di Mariya PSJni mavsum so'nggida tark etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mirror