Di Mariya "Manchester Yunayted"ni eslashni ham istamayapti

6 fev 2016, 00:40
PSJ yarim himoyachisi Anxel Di Mariya "Manchester Yunayted"dagi faoliyati haqida eslashni istamasligini bildirdi.


"Manchester Yunayted" faoliyatimdagi yoqimsiz tajriba bo'ldi. Ishlar men o'ylagandek kechmadi. Men juda ranjidim. Bu menga qiyinchiliklarni engib o'tishga yordam bergani yo'q. To'g'risini aytsam, men bilan u yerda nima bo'lganini eslolmayman va eslashni ham istamayman. PSJda bo'lib turganimdan xursandman. Shunisi muhim. Kundan-kunga jamoaga moslashib boryapman. Parijga ham ko'nikib qoldim. Bu narsa meni o'yinlarimga o'z ta’sirini o'tkazayotgani bilinib turibdi. "Chelsi"ga qarshi ikkita muhim bahs ko'p narsani aniqlab beradi. Bu to'qnashuvda ko'pchilik bizni favorit deb atamoqda. Lekin unutmaslik kerak, raqib "Chelsi". Menimcha, ushbu juftlikda "Chelsi" favorit sanaladi. "Chelsi"da barcha orzu qilgan va o'z jamoasida ko'rishni istagan kuchli futbolchilar jamlanishgan", - deydi Di Mariya.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Independent