Di Marining sabri tugab boryapti va PSJdan yakuniy qaror talab qilyapti

Narzulla Saydullayev
25 iyul 2014, 15:28
“Real” yarim himoyachisi Anxel di Mariya PSJga o'tish uchun harakatlarni davom ettiryapti.
Ammo ayni damda tatilda bo'lgan argentinalik futbolchining sabri tugab bormoqda va Parij klubidan yakuniy qaror qabul qilishni talab qilmoqda.

Ma'lumotlarga qaraganda, u bu mavzuda PSJ prezidenti Nosir Al-Xelaifi bilan suhbatlashgan.

Moliyaviy feyr-pley qoidalariga ko'ra PSJ di Mariyani sotib olish uchun o'z futbolchilaridan birini sotib yuborishi kerak. Ispan grandi futbolchi uchun 60 million evro talab qilmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com