Di Kanio "Sanderlend" futbolchilari bilan xayrlashishga ham imkon berishmadi

Tolibjon Qosimov
23 sen 2013, 15:27
Italiyalik mutaxassis Paolo di Kanio "Sanderlend"dan bo'shatilganidan so'ng, o'z shogirdlari bilan xayrlashish imkoniga ega bo'lmadi.
Britan matbuoti xabar berishicha, di Kanio kecha "Sanderlend" bazasiga faqatgina o'z buyumlarini yig'ishtirish uchun bordi.

Takidlash kerakki, yozda "Sanderlend" 14ta futbolchi sotib olgan. Ularning ko'pchiligini aynan di Kanio sotib olishni talab qilgandi. Beshta turda bir ochkogina to'plagani uchun klub rahbariyati murabbiyni ishdan olib tashladi. Hozircha rahbariyatda murabbiyning o'rniga boshqa nomzod hozircha yo'q.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com