Deyli Blind mashg'ulotlarga qaytdi

Mirjalol Normatov
31 yanv 2020, 21:06
2019 yilning dekabr oyi o'rtalarida "Ayaks" futbolchisi Deyli Blindning yuragida muammolari borligi aniqlangandi.

Futbolchi Yevropa chempionlar ligasi doirasida "Valensiya"ga qarshi uchrashuvda o'zini biroz yomon his qilgandi. O'yindan keyingi tekshiruvlarda esa shifokorlar ushbu holatga "yurak mushaklarining yallig'lanishi" tashxisini qo'yishgandi.

Keyinchalik OAV tomonidan futbolchi faoliyatini yakunlashi mumkinligi borasidagi ma'lumotlar tarqatilgandi. Blind bugun mashg'ulotlarga qaytdi va jamoa bilan birga shug'ullandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal