Blind tarkibga qaytdi

Mirjalol Normatov
7 fev 2020, 20:14
"Ayaks" himoyachisi Deyli Blind jamoa tarkibiga qaytdi.

29 yoshli gollandiyalik futbolchi "Utrext"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritildi.

Eslatib o'tamiz, dekabr oyi oxirlarida Blindning yuragida muammolari borligi aniqlangandi va bunga miokardit tashxisi qo'yilgandi. U YCHL doirasida "Ayaks" - "Valensiya" uchrashuvida o'zini yomon his qilgandi.

Futbolchi taxminan 2 oyga qadar safga qaytgani uning kasallikka qarshi kurashi anchagina kuchli bo'lganini ko'rsatadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ajax.com