Blind "Bavariya"ga o'tadi

Sherzod Nurmatov
5 yanv 2023
Himoyachi Deyli Blind "Bavariya"ga o'tish arafasida.

Niderlandiya terma jamoasining 32 yoshli futbolchisi dekabr oyi oxirida o'z xohishiga binoan shartnomani bekor qilishni so'radi va "Ayaks"ni tark etdi.

"De Telegraaf" nashrining yozishicha, Blind "Bavariya" bilan mavsum so'ngiga qadar amal qiladigan shartnoma tuzadi, unda kelishuvni bir yilga uzaytirish imkoniyati ham bo'ladi.

Deyli joriy mavsum Niderlandiya chempionati 13 ta o'yinida 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. JCH-2022da 5 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi va 1 ta golga pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: De Telegraaf