Devid Moyes: "Imkon qadar tezroq turnir jadvali yuqorisiga ko'tarilamiz"

Narzulla Saydullayev
4 okt 2013, 18:00
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Devid Moyes jamoaning bu mavsumdagi keyingi rejalari haqida gapirib berdi.
"Ishonchim komilki, klub rahbariyati bosh murabbiy tanlashda to'g'ri qaror qabul qilishganiga shubha qilishmaydi. Ser Aleks ham bu tanlovga kelinishida bevosita aloqador bo'lgan. Yangi joyga ishga kelgan odam asta sekinlik bilan boshqa joyga moslashib, vaziyatni o'rganadi. Men ham istisno emasman. Men ajoyib futbolchilar yig'ilgan klubga kelayotganimni bilardim. Avvaliga qiyin damlar bo'lishini ham bilgan holda bu erga kelganman". 

"Sovrinni himoya qilish borasida havotirga tushyapsizmi, deysizmi? Men ko'proq "Vest Bromvich"dan mag'lub bo'lganimizdan hafa bo'lyapman. Hozir meni havotirga solayotgan asosiy narsa shu. Premer-liga uzoq davom etadigan musobaqa va chempionat davomida katta o'zgarishlar bo'lishi mumkin. Buni o'zinigiz ham sezib turibsiz. Biz imkon qadar tezroq turnir jadvali yuqori o'rinlarga chiqib olamiz", dedi Moyes.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net