Devid Bekxem: “Hali hamon futbolchilik davrimni sog'inaman”

19 may 2020, 01:17
Angliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Devid Bekxem futbolchilik faoliyatini yodga oldi.

“Bugun futbolchilik faoliyatimdagi eng so'nggi uchrashuvni o'tkazganimga 7 yil to'libdi. Ishongisi kelmaydi odamni. Ajoyib xotiralar.

Men ajoyib futbolchilar bilan to'p tepganman va betakror muxlislarning qo'llab quvvatlashini his qilganman. Bu tomondan omadim chopgan. Hozirgacha o'sha vaqtlarni sog'inib eslayman” deya o'zining Instagramdagi sahifasida post qoldirdi Bekxem.

O'xshash yangiliklar


Manba: Бекхэмнинг Инстаграмдаги саҳифаси