Deulofeu "Milan"ga o'tishga rozi bo'ldi

Aslanov Jasurbek
11 yanv 2017
"Everton" hujumchisi Xerard Deulofeu "Milan"ga o'tishga yaqin turibdi.

Oldinroq OAVda "Roma" ispaniyalik uchun kurashda rossonerlarni ortda qoldirganini e'lon qilgandi, ammo 22 yoshli forvard "Milan" foydasiga qaror chiqardi.

Endi "Everton" rahbariyati bu transferga rozi bo'lishi lozim. "Roma" Deulofeuni xarid qilish huquqi bilan ijaraga olishga tayyor edi. "Milan" esa o'z taklifiga bu shartni kiritmagan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttosport