Desham: "Raqib xatolarimizni kechirmadi"

Aslanov Jasurbek
27 mar 2015, 13:14
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham o'rtoqlik uchrashuvida Braziliyadan uchralgan mag'lubiyat (1:3) haqida o'z fikrini bildirdi.

"Bu og'riqli mag'lubiyat. O'z xatolarimiz uchun jazolandik. Braziliyaliklar tezkorlik bilan o'yin tizginini qo'lga olishdi. 1:2 payti muvozanatni tiklash uchun imkoniyatlar bo'ldi, ammo uchinchi gol uchrashuv taqdirini hal qildi. So'nggi 10 daqiqa o'zgarishlar sabab o'z o'yinimizni ko'rsata olmadik.

Bu biz uchun foydali tajriba va kelajakda tartibli va foydaliroq o'ynashga harakat qilamiz. Braziliya Amerika Kubogiga tayyorgarlik ko'ryapti, Evro-2016ga esa ancha vaqt bor. Jahon chempionatida Germaniyadan uchralgan yirik mag'lubiyatga qaramay, braziliyaliklar yarim firanlgacha yetib kela olishdi. Bunday o'yinlar xatolarimizni to'g'irlashga yordam beradi" - deydi Desham.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com