Desham: "Pogba bundan-da ko'prog'iga qodir"

Tolibjon Qosimov
22 mar 2018
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Pol Pogbaning "Manchester Yunayted"dagi holati haqida gapirdi.

"Bunday holat unga mos kelmaydi, Pogba bundan-da ko'prog'iga qodir. Sabablar ko'p bo'lishi mumkin, biroq u bu holatdan mamnun emas.

Ayni damda Pogbaning holatini qandaydir o'zgacha deb hisoblab bo'lmaydi. Bu boshqa bir futbolchi bilan ham sodir bo'lishi mumkin edi. Bugun bu Pol, ertaga esa boshqasi.

Shunday yoki boshqacha holatlarda futbolchilar bilan suhbatlashaman, ularning holatini tushunishga harakat qilaman. Biroq ayni damda bu borada etarlicha ma'lumotga ega emasman", - dedi Desham.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: L`Equipe