Desham Mbappe va Levandovski haqida: "Ular dunyoning eng zo'rlari, biroq o'zgacha sifatga ega hujumchilar"

Aslanov Jasurbek
3 dek 2022, 22:44
Fransiya terma jamoasi JCH-2022 1/8 final bosqichida Polsha bilan o'ynaydi.

O'yin 4 dekabr kuni o'tkaziladi.

"Ular jangda ishtirok etishadi. Bu yigitlarni solishtirishimni xohlayotgan bo'lsangiz, keling, shunday qilamiz. Ular dunyoning eng yaxshilaridan, ammo o'zgacha sifatga egalar. O'yini bir xil emas.

Biz Levandovski kabi futbolchilarning o'yinga bo'lgan ta’sirini kamaytirishimiz lozim. U tanasidan yaxshi foydalanadi. Kichik vaziyat ham xavfli tus olishi mumkin. Ammo bor e'tiborni unga qaratmaymiz" - deydi Desham.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC Sport