Desham: "Kolumbiya bizga dars o'tdi"

Mirjalol Normatov
24 mar 2018
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Kolumbiya (2:3) termasidan uchralgan mag'lubiyat xususida to'xtaldi.

"O'yin davomida bizda juda ko'p muammolar bo'ldi, raqiblar agressiv o'yi namoyish etdi. Biz juda ko'p to'pni yo'qotdik. Amerikaliklar bizga hujumkor futbol borasida dars o'tishdi. Menga ikkinchi bo'lim umuman yoqmadi.

Uchrashuvni jiddiy tarzda tahlil qilib chiqamiz. Futbolchilar o'z vazifalarini bajara olishmadi. O'z maydonimizda mag'lub bo'lish - juda og'ir holat", - dedi murabbiy.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L'Equipe