Desham: “Kabay va Evra Pogbaga maydonda bir kishi kam bo'lib qolishimiz mumkin emasligini tushuntirishdi”

Narzulla Saydullayev
16 iyun 2014, 17:52
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Pol Pogbaning Gonduras yarim himoyachisi bilan bo'lgan janjalida jamoadoshlari o'zini bosishi kerakligini tushuntirishganini ta'kidladi.
To'qnashuv natijasida futbolchilar qizishib ketishdi va hakamdan sariq kartochka olishdi. Tanaffusda  murabbiy raqibning bunday ayyorona harakatlariga uchmaslikni maslahat berdi.

“Shaxsan men uni ogohlantirganim yo'q, Yoan Kabay va Patris Evra Pogbaga maydonda bir kishi kam bo'lib qolishimiz mumkin emasligini tushuntirishdi. Doimo o'z hissiyotlarimizni jilovlay olishimiz kerak va bu faqat Polga tegishli emas” – deydi Desham “L’Equipe” bilan suhbatda.

Fransiya va Gonduras terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv, francuzlarning 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com