Desham JCH-2026dan keyin qaysi klubni boshqarishi mumkinligi ma'lum bo'ldi

Khoja
12 noya 2025, 09:56
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham JCH-2026dan so'ng Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubini boshqarishi mumkin.

Bu haqda Fransiyaning L'Equipe nashri xabar berdi.

Manba bergan xabarga ko'ra, Saudiya klubi bosh murabbiyi Serxio Konseysau qoniqarsiz natijalar tufayli iste'foga chiqarilishini reja qilgan. Jamoa hozirda turnir jadvalida sakkizinchi o'rinni egallab turibdi.

 “Al-Ittihod” rahbariyati allaqachon fransiyalik murabbiyga taklif bilan chiqqan. Arablar fransiyalik mutaxassisni dunyoning eng ko'p maosh oluvchi mrabbiylardan biriga aylantirishni reja qilgan. Deshamning o'zi hozircha javob berishga shoshilmayapti va bor e'tiborini jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rishga qaratganligini ma'lum qilgan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: L'Equipe