Desham: "Fransiya avvalroq gol urishi mumkin edi"

Aslanov Jasurbek
16 iyun 2016, 11:10
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Albaniya ustidan qozonilgan g'alaba (2:0) haqida fikr bildirdi.

"Albaniya yaxshi himoyalandi va qarshi hujumda ajoyib harakat qildi. Biz avvalroq gol urishimiz mumkin edi, buning uchun etarlicha imkoniyatlar bo'ldi. Agar bahs durang bilan yakunlanganida, bu Albaniya terma jamoasi foydasiga bo'lardi.

Pogbani almashtirish taktik qaror edi. Grizmannga keladigan bo'lsak, u bilan nima qilishni men hal qilaman. Albatta, na u va na Pogba zaxirada o'tirishni istashadi. Pol barqaror o'yin ko'rsata boshladi. U doimo o'ziga ishonadi. Birga-bir vaziyatlarda Pogba kurashishga tayyor" - deydi Desham.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Exspress