

"Umid qilamanki, "Oltin to'p" g'olibi Karim bo'ladi. O'tgan mavsumda "Real"dagi o'yinlari orqali buni isbotlab bo'ldi. Klubi bilan muhim sovrinlarni qo'lga kiritdi. Shuningdek, Fransiya termasining Millatlar ligasi final bosqichiga yo'l olishida ham uning hissasi katta", - dedi Desham.
Eslatib o'tamiz, Karim 2021/22 yilgi mavsumda "Real" bilan Ispaniya chempionati va YCHL sovriniga ega chiqdi.



