Desham: "Agar men Riberini Fransiya terma jamoasiga chaqirsam, u kelishi kerak"

Tolibjon Qosimov
2 sen 2014, 11:26
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham, Frank Riberining terma jamoadan ketish qaroriga qo'shilmoqchi emas.
Deshamning fikricha, Riberi terma jamoadan taklif olsa, u milliy jamoaga qo'shilishga majbur.

"Men futbolchini taklif qilsam, u terma jamoa tasarrufida bo'lishi kerak. Bu Riberiga tegishli," - deydi Desham.
 
UEFA prezidenti ham bu borada o'z fikrlarini bildirdi: "Men Frankning qaroridan hayron bo'ldim. Barcha futbolchilarga eslatib qo'ymoqchiman, terma jamoada ishtirok etishga bog'liq qarorlarni ularning o'zi hal qilmaydi".

Eslatib o'tamiz, Fransiya terma jamoasi 4 va 7 sentyabr kunlari Ispaniya va Serbiya terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazadi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com