"Paxtakor" Derdiyokni ketkazib to'g'ri qildimi?

Xayrulla Xoliqov
22 iyun 2021
Eren Derdiyok "Paxtakor" safidagi qisqa faoliyatdang so'ng klubni tark etdi.

Ma'lum bo'lishicha, ushbu hujumchining maoshi nihoyatda kattaligi klub yangi rahbariyatiga maqul kelmagan. Shundan so'ng tomonlar o'zaro kelishgan holda shartnomani bekor qilishgan. 

"Paxtakor" futbol klubi raisi, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo'jaev topshirig'iga binoan "Paxtakor" futbolchilarining yillik maoshlari matbuotda e'lon qilindi. Aytish mumkinki, bu futbolimizda o'ziga xos sensaciyani yuzaga keltirdi. Chunki bungacha hech bir klub pul bilan bog'liq narsalarni oshkor qilmagandi. 

Muxlislarga taqdim etilgan ma'lumotga ko'ra, shveytsariyalik futbolchining yillik maoshi 1,300,000 (bir million uch yuz ming) dollar ko'rsatilgan. Albatta, bu juda katta pul.

Derdiyok "Paxtakor"ni tark etganidan so'ng "Uning kyetishiga munosabatingiz qanday?" mazmunida telegram kanalimizga so'rovnoma qo'ygandik. Bugun javoblarni ma'lum qilamiz. 

O'tgan vaqt mobaynida so'rovda 12 mingdan ziyod o'quvchi ishtirok etib, ularning eng ko'p 71 foizi "Yaxshi bo'ldi, shuncha pul olib foydasi tegmayotgandi" variantni belgilagan. 21 foiz muxlis esa "Menga Derdiyok qiziq emas" variantida to'xtalgan. 

Shuningdek 3 foizdan o'quvchi "Yomon bo'ldi, endi "Paxtakor" hujumchisiz qiynaladi" hamda "Hech bo'lmasa mavsumni tugatib keyin ketsa bo'lardi" degan to'xtamga kelishgan bo'lsa, 2 foiz o'quvchi "To'g'risi, bir narsa deyishga hayronman" variantini belgilashgan. 

Ma'lumot uchun, Eren Derdiyok bu mavsum Superligada 3ta, OCHLda esa 1ta gol urdi. Uning ketgani "Paxtakor"ga qanchalik ta’sir qilishini albatta oliy hakam vaqt ko'rsatadi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia